PSJ Mbappe yuzasidan Fransiya futbol federatsiyasiga xat jo'natdi

Eldor Akmurzayev
3 mar 2020
Bunga sabab fransiyalik hujumchining Tokio-2020 Olimpiadasida qatnashishi mumkin bo'lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatidan joy olgani bo'ldi.

Shu bois, parijliklar rahbariyati Kilian Mbappeni to'rt yillikning nufuzli musobaqasiga qo'yib yuborishni xohlamayapti. Olimpiadaning futbol bahslari FIFA tomonidan belgilanmagan vaqtlarda o'tkaziladi. 

Hozirda, Fransiya OTJning qaydnomasida 80 nafar o'yinchi bor. Yakuniy ro'yxatga esa 18 o'ynovchi futbolchi va 4 zaxira a'zosi kiritiladi. Shuningdek, ularning orasiga 3 nafar yoshi katta futbolchini qo'shib olish limiti ham mavjud. 

Tokio-2020'ning futbol bellashuvlari 23 iyuldan 8 avgustga qadar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. 

Avvalroq, 21 yoshli forvard Olimpiada chempioni bo'lishni istayotganini aytgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: France Bleu