PSJ ketayotgan Jijining o'rniga boshqa Jijini olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2019, 23:55
PSJ "Milan" darvozaboni Janluijji Donnarumma bilan shartnoma imzolashga harakat qilmoqda.

"Mediaset" xabariga ko'ra, parijliklar sport direktori Leonardo darvozabonga yiliga 8 million evro maosh taklif qilgan.

Eslatib o'tamiz, PSJ jamoani tark etgan Janluijji Buffonning ketishini e'lon qilgandi. Donnarumma PSJda aynan Buffonning o'rnini egallashi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mediaset