PSJ himoyachisi: “Ikkinchi bo'lim biz uchun mumkin bo'lmagan darajada halokatli bo'ldi”

Aslanov Jasurbek
21 noya 2020
PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe Liga 1 11-turi doirasida “Monako”ga qarshi bahsdan so'ng (2:3) fikrlarini bildirdi.

“Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, ammo ikkinchisi biz uchun mumkin bo'lmagan darajada halokatli bo'ldi. Bu bizdagi jamoa, o'yinchilar uchun axir mumkin emas. Ammo bu futbol. Oldinda “Leyptsig”ga qarshi o'yin kutib turibdi, bu biz uchun muhim bellashuv. “Monako” bilan o'yinning ikkinchi bo'lim avvalida gol urish va tezroq olg'a borish kerak edi”, - deydi Kimpembe.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe