Kimpembe noyabr oyida mashg'ulotlarga qaytadi. U fevral oyida jarohat olgandi

Omonjon To`xtamirzayev
20 okt 2023
PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe yaqin haftalar ichida safga qaytishi kutilmoqda.

Futbolchi yil boshida, fevral oyida orttirib olgan tovonidagi jiddiy jarohatidan deyarli qutuldi. 

Taxminlarga ko'ra, Kimpembe PSJ mashg'ulotlariga noyabr oyida qaytadi.

Fransiyalik futbolchining shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga etadi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Журналист Адриан Гренье твиттери