"PSJ galaktikosdan qutulib, haqiqiy jamoaga aylandi. U finalga loyiq edi. Enrike ECHLda hech kim yuk bo'lmasligi kerakligini tushunadi". Xargrivs parijliklar tarkibi haqida

Alisher Ostonov
8 may 2025
Ouen Xargrivz PSJning so'nggi yillardagi transformaciyasini yuqori baholadi.

"PSJdan ko'ra ko'proq o'zgargan jamoani aytib bo'lmaydi. Parijliklar galaktikosdan xalos bo'lib, haqiqiy jamoaga aylanishdi. Ular yosh fransiyalik futbolchilarni o'z safiga qo'shib olmoqda. Bu finalga chiqishga loyiq bo'lgan haqiqiy jamoa.

Luis Enrike Chempionlar Ligasida yuk bo'ladiganlar bo'lmasligi kerakligini tushunadi. Endi bu jamoa parijlik muxlislar, fransiyalik muxlislar va neytral muxlislar qalbini zabt etdi, chunki u ajoyib o'yin ko'rsatmoqda", - dedi "Bavariya" sobiq yarim himoyachisi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: BBC