PSJ futbolchisi La Ligaga yo'l olishi mumkin

Alisher Ostonov
12 iyun 2025
"Vilyarreal" "Vest Xem"da ijarada o'ynagan PSJ yarim himoyachisi Karlos Solerga qiziqish bildirmoqda.

"Vilyarreal" 28 yoshli ispaniyalikni ijaraga olishi yoki to'liq shartnoma imzolashi mumkin.

Soler 2024/25 yilgi mavsum "Vest Xem" safida barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 18 million evroga baholagan. Uning PSJ bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: L'Equipe