PSJ futbolchilari Tuxelga rad javobini berishgan

Eldor Akmurzayev
8 mar 2020, 22:00
Parijliklar ustozi Liga 1 doirasidagi “Strasburg”ga qarshi bahs koronavirus xavfi bekor qilinganidan keyin, yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida jamoa bilan Ispaniyada kichik yig'in o'tkazmoqchi edi.

Biroq, futbolchilar buni rad qilib, oila-a'zolari bilan Parijda qolishni afzal ko'rishgani aytilmoqda. 

PSJni oldinda YCHL 1/8 bosqichi doirasidagi “Borussiya D”ga qarshi 11 martga belgilangan javob bahsi kutib turibdi, Germaniyadagi ilk o'yinda esa dortmundliklarning qo'li baland (2:1) kelgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L'Equipe