PSJ forvardi bugun “Vulvz” a'zosiga aylanadi. “Bo'rilar” shu haftada yana bir futbolchining transferini e'lon qiladi

Eldor Akmurzayev
17 yanv 2023, 09:15
Bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda.

Unga ko'ra, PSJ hujumchisi Pablo Sarabiya bugun “Vulverxempton” bilan shartnoma imzolaydi.

Yaqin vaqt davomida Sarabiya yangi jamoasi bazaisda tibbiy ko'rikdan o'tadi. 30 yoshli futbolchi joriy mavsum parijliklar libosida 19 bahsda qatnashib, birorta ham samarali natija ko'rsata olmadi. Ispaniyalik forvard JCH-2022'da Marokashga qarshi boy berilgan o'yinda bir necha daqiqa harakat qilgandi.

Shuningdek, “bo'rilar” shu haftaning o'zida yana bir futbolchining transferini e'lon qilmoqda. “Flamengo” yarim himoyachisi Joau Gomes “Vulvz” a'zosiga aylanishi kutilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano