PSJ Fofanani "Chelsi"dan ilib kyetishi mumkin

Alisher
9 avg 2022
PSJ "Lester" himoyachisi Uesli Fofanani "Chelsi"dan ilib kyetishi mumkin.

21 yoshli fransiyalik futbolchi London klubining himoyadagi maqsadi hisoblanadi, ammo PSJ ham mudofaani mustahkamlamoqchi va vaziyatni kuzatmoqda.

Qayd etish kerakki, "tulkilar" "ko'klar"ning 75 va 82 million evrolik ikki taklifini rad etishdi. Parij klubi "Chelsi"ning taklifini yaxshilashi mumkin.

Fofana o'tgan mavsum "Lester" safida barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien