PSJ "Chelsi" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi

Alisher
19 dek 2019, 18:17
PSJ rahbariyati Ngolo Kanteni Fransiyaga qaytarishga yana bir bor urinib ko'radi.

Parijliklar yozda Ngoloni sotib olishga urinib ko'rishgan, ammo yakunda "Chelsi" rad javobini bergan edi.

"Chelsi" o'sha paytda yangi futbolchilarini ro'yxatdan o'tgazish borasidagi taqiq borligi sabab Kanteni sotishdan qatiy tarzda bosh tortgan edi.

Qo'shimcha qilish kerakki, tayanch yarim himoyachisi uchun PSJga katta raqobatchi bor. Madridning "Real" klubi Kante bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports