PSJ "Barselona" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Mirjalol Normatov
9 iyun 2021, 22:38
Bundan bir necha kun oldin yarim himoyachi Usmon Dembele "Barselona" bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayotganligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

"Marca" xabariga ko'ra, fransiyalikning xizmatlariga PSJ tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Evro-2020dan keyin klub bu borada "Barselona" bilan bog'lanishga tayyor.

24 yoshli francuz 2017 yili 105 mln evro evaziga Kataloniya klubiga o'tgandi. 4 yil davomida u 81 uchrashuvda maydonga tushdi holos.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca