

Ma'lumotlarga ko'ra, Parij klubi qishki transfer oynasida sloveniyalik futbolchini sotib olish uchun bor kuchini ishga soladi. PSJ joriy mavsum oldidan Oblakni xarid qilmoqchi edi, ammo o'sha paytda transfer operaciyasini amalga oshirishning imkoni bo'lmadi. Fransiya klubini Oblak Chempionlar ligasida maydonga tusha olmasligi xavotirga solmayapti, chunki u "Atletiko" safida ushbu turnirda maydonga tushgan.
PSJ Oblakni xarid qilish uchun "Atletiko"ga ma'lum bir summa va Xaver Pastoreni taklif qilmoqchi. Argentinalik futbolchining o'rniga darvozabon Kevin Trapp "matraschilar" safiga o'tishi mumkin.
Oblakning "Atletiko" bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi.



