PSJ Argentina terma jamoasi futbolchisi uchun 120 million evro berishga tayyor

Khoja
18 noya 2025
"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

Unga PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda va ushbu transferga jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike ham rozilik bergan. Parij jamaoasi 25 yoshli hujumchiga 120 million evro to'lashga tayyor. Ushbu summa esa Madrid jamoasini qoniqtirishi mumkin.

Ma'lumot uchun, "Atletiko" Xulian Alvaresni 2024 yilda "Manchester Siti"dan 90 million evroga sotib olgandi. Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 9 ta gol va 4 ta assist bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com