"Barsa" Alvares transferi uchun ortiqcha kuch sarflamaydi. Kataloniyaliklar hujumchining "Atletiko"ga bosim o'tkazishiga ishonmayapti

"Barselona" "Atletiko" forvardi Xulian Alvaresning transferi uchun ortiqcha harakat qilmoqchi emas.

Marca xabariga ko'ra, kataloniyaliklar hujumchi uchun ortiqcha pul to'lashga va moliyaviy modeldan chiqib ketishga tayyor emas. Klubda takidlanishicha, har qanday transferlar maosh cheklovlari va moliyaviy feyr-pley qoidalariga mos kelishi kerak.

Bundan tashqari, "Barselona"da transfer ssenariysiga shubha bilan qarashmoqda. Rahbariyat Alvares transferni amalga oshirish uchun "Atletiko"ga bosim o'tkazishiga ishonmayapti, busiz esa kelishuvga erishish deyarli imkonsiz.

Vaziyatni madridliklarning poziciyasi yanada murakkablashtirmoqda: "Atletiko" futbolchini jamoada olib qolish uchun unga yaxshilangan shartnoma va yiliga 10 million evro atrofida maosh taklif qilishga tayyor.

Ayni paytda o'tish juda qiyin ko'rinmoqda - "Barselona" Alvares uchun va-bank qilmoqchi emas va agar shartlar ularning strategiyasiga mos kelmasa, kelishuvdan voz kechishga tayyor.


Manba: Marca