Proliga. Bugun 6-tur davom ettiriladi

30 apr 2026, 09:40
Bugun Proliganing 6-turidan o'rin olgan 3 ta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Samarqandda "Kattaqo'rg'on" "BuxDU"ni mehmon qiladi. Uchrashuv soat 17:00 da start oladi. Kunning ikkinchi bahsi Yaypanda bo'lib o'tadi. Unda mezbonlar "G'azalkent" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 18:00 da boshlanadi. Kunning so'nggi uchrashuvi esa Bekobodda bo'lib o'tadi. 19:00 da start oladigan uchrashuvda "Metallurg" va "Olimpik Mobiuz" o'zaro bahs olib boradi.

30 aprel

“Kattaqo'rg'on” – “BuxDU”

Samarqand. “Afrosiyob Arena”. 17:00

Bosh hakam: Nurbek Sheraliev

Yordamchi hakamlar: Quvondiq Duschanov, Dilshod Jumaniyozov

Nazoratchi: Vadim Agishev

Komissar: Vladimir Nazarov

“Yaypan” – “G'azalkent”

Yaypan. “O'zbekiston” stadioni. 18:00

Bosh hakam: Rustam Choriev

Yordamchi hakamlar: Akmal Sultonov, Abdurahmon Shukurullaev

Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov

Komissar: Doniyor Yoqubjonov

“Metallurg” – “Olimpik-MobiUz”

Bekobod. “Metallurg” stadioni. 19:00

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Azizbek Zokirov, Buvoxon Abdurasulov

Nazoratchi: Shuhrat Bozorov

Komissar: Bekzod Aripov


Manba: championat.asia