Pro ligani tark etgan "Istiqlol"ning ikki nafar o'yinchisi "Xorazm"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
23 apr 2021, 11:26
Xabaringiz bor, O'zbekiston PRO-Ligasida ishtirok etib kelgan Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi yaqinda musobaqadagi ishtirokini muddatidan avval yakunladi.

Shundan so'ng O'zbekiston Professional Futbol Ligasi "Istiqlol" futbolchilarini boshqa jamoalarga o'tib, ro'yxatdan o'tishi uchun imkoniyat yaratib berdi.

"Xorazm" jamoasi bundan unumli foydalanib, "Istiqlol"ning ikki nafar yetakchisini o'z safiga qo'shib oldi. Bular - jamoa sardori, markaziy himoyachi Abduxoliq Qurbonov va markaziy yarim himoyachi Sardor Sotvoldievdir. Shu tariqa ushbu o'yinchilar endilikda faoliyatini "Xorazm" jamoasida davom ettiradi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia