Prezident "Napoli": "Benites bilan "Napoli" yangi davrni boshlashi mumkin"
Tolibjon Qosimov
21 dek 2013
"Napoli" prezidenti Aurelio de Laurentis klub ustozi Rafael Benitesga katta ishonch bildirmoqda.
- Boshidayoq Benites bizning tumorimizga aylanishini bilardim. U bilan birga "Napoli"da yangi davr boshlanadi. Biz yaxshi mavsumni boshladik, kelajakda bundan ham yaxshiroq o'ynashimizga ishonaman, - deydi de Laurentis Goal.com nashriga.