

UEFA etika va intizom inspektori "Benfika"ning yarim himoyachisi Janluka Prestiannining "Real"ga qarshi (0:1) o'yinda irqchilik qilganini aniqlasa, uni 10 o'yinga chetlatishi mumkin. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Argentinalik futbolchini "oq kiyimlilar" hujumchisi Vinisius Juniorga nisbatan irqchilik fikrlarini bildirganlikda ayblashmoqda.
Ushbu majburiy jazo 2013 yilda hozirgi FIFA prezidenti Janni Infantino UEFA bosh kotibi lavozimida ishlagan davrida joriy etilgan edi.
Ilgari bu jazo 2021 yilda "Slaviya" va "Reynjers" o'rtasidagi Yevropa Ligasi o'yinidan so'ng qo'llanilgan edi. Chexiya klubi markaziy himoyachisi Ondrey Kudela raqibi Glen Kamaraga nisbatan irqchilik haqoratlarida ayblanib, aybdor deb topilgan edi.



