Postekoglu "Tottenxem" kamida uch nafar yangi futbolchi sotib olishini istamoqda

Omonjon To`xtamirzayev
21 may 2024
"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu jamoa tarkibi kuchaytirilishini so'ramoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, mutaxassis klub rahbarlaridan yozgi transfer oynasi vaqtida kamida uch nafar yangi futbolchi sotib olishni so'ragan.

Hozircha aniq nomlar oshkor qilinmagan. Biroq londonliklar "Brentford" hujumchisi Ayvena Tounini va bir necha oydan buyon "Chelsi" yarim himoyachisi Konor Gallaxerni kuzatib kelishmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: espn.com