"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu jamoa yangi hujumchi sotib olishi zarurligi haqida gapirdi.
"Shubhasiz, hujum chizig'imizni kuchaytirishimiz kerak. Dominik [Solanke] ajoyib o'yin ko'rsatmoqda, ammo unga haddan ortiq yuklama berishimiz ham noto'g'ri bo'ladi. Biz bu haqida bilamiz, shuning uchun bu yo'nalishda ishlashimiz talab etiladi".