Policiyachi o'yin vaqti braziliyalik futbolchiga o'q uzdi

Оқил Абдубарноев
11 iyul 2024
Braziliyadagi mintaqaviy futbol ligasi o'yinlaridan birida o'yinchi policiya tomonidan o'q uzish oqibatida jabrlandi.

"Centro Oeste"ga qarshi bahsda "Gremio Annapolis" darvozaboni Ramon Souza maydon chetida kelib chiqqan janjal vaqti policiya tomonidan yaqin masofadan otilgan rezina o'qdan jarohat oldi. 

VIDEO

Darvozabonga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi va u darhol shifoxonaga etkazildi.

"Gremio" ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali mazkur hodisani tasdiqlab, aybdorlar jazolanishi kerakligini ma'lum qilgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/Noitedecopa