Pol Pogba “Monako“ga o'tmaydi. Uning rejalari o'zgardi

Khoja
21 iyun 2025, 10:51
“Monako“ga o'tishi kutilgan Pol Pogba faoliyatini Saudiyada davom ettirishga qaror qildi.

Yarim himoyachi “Al Ittihod“ning taklifini qabul qilishga tayyor va faoliyatini Saudiyada davom ettirmoqchi. Saudiyaliklar yarim himoyachiga yiliga 20-25 million evro berishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Pogba 2024 yilning fevral oyida to'rt yilga chetlatildi: uning 2023 yil avgust oyida olingan doping-namunasida testosteron darajasi juda yuqori ekanligi aniqlandi. 2024 yil oktyabr oyida CAS uning diskvalifikaciya muddatini 18 oygacha qisqartirilgandi va futbolchi mart oyidan boshlab futbol o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com