Pogbaning JCH-2018 finalida kiygan butsasi 30 ming evroga sotildi
Narzulla Saydullayev
30 apr 2019
"Manchester Yunayted" klubi va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba o'zining butsasini aukcionda sotdi.
Futbolchining 2018 yilgi Jahon chempionati finalida kiygan butsasi 30 ming evroga sotildi. Ushbu pullar Fransiyada yashayotgan muhtojlarga tarqatiladi.