Pogbaga jamoadoshlari hujum qildi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
7 may 2018
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning akasi, "Genchlerbirligi" himoyachisi Florentin Pogba "Antalyaspor"ga qarshi bahsda (0:1) jamoadoshlari bilan janjallashdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Genchlerbirligi" uchta o'zgarishni amalga oshirib bo'lganidan so'ng, jarohat olgan Florentina Pogba maydonni tark etishga qaror qildi. O'sha paytda jamoa 0:1 hisobida yutqazayotgan edi va Pogbaning jamoadoshlari uning harakatidan norozi bo'lishdi. Fransiyalik futbolkasini echib, maydonni tark etishi bilan uning bazi jamoadoshlari futbolchini qaytarishga urinishdi. O'yindan so'ng kelishmovchilik kiyinish xonasida davom etdi va u yerda bir necha futbolchi Florentinga hujum qildi.

"Genchlerbirligi" mag'lubiyatdan so'ng, Superligada jon saqlab qolish imkoniyatidan deyarli ayrildi.

Turkiya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

TAS-IX

Ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe