Podolski "Shanxay Shenxua"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2016
Xitoy klubi "Shanxay Shenxua" "Galatasaroy" hujumchisi Lukas Podolskiga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, 30 yoshli nemis "Shanxay Shenxua"ga o'tsa, u Xitoyda yiliga 9 mln. evro ishlab topadi. "Galatasaroy" Germaniya terma jamoasi futbolchisidan 20 mln. evro ishlab olishi mumkin.

Lukas 2015 yilning yozida "Arsenal"dan turk klubiga o'tgan edi. Futbolchi joriy mavsumda Superliganing 17 uchrashuvida sakkizta gol urdi.

"Shanxay Shenxua" safida Muhammad Sissoko, Tim Kexill va Demba Ba kabi futbolchilar to'p tepadi. Yanvar oyida ushbu klub "Inter"dan Freddi Guarinni xarid qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild