Pochettino - "Real"ni boshqarishi mumkinligi haqida: "Bugungi kun bilan yashayman"
Mirjalol Normatov
1 iyun 2018
"Tottenxem" ustozi Maurisio Pochettino "Real" bosh murabbiyi bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Men uchun hozirgi qilayotgan ishim muhimroq. Bugungi kun bilan yashayman. Kelajakdagi barcha voqealar o'z vaqtida bo'lishini istayman", - dedi Pochettino.
Oldinroq argentinalik mutaxassis "Real"ni boshqarishi mumkinligi aytilgandi.