Plyaj futboli: Baxtiyor Namozov JCH finalida ishladi

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013
Plyaj futboli bo'yicha FIFA referisi Baxtiyor Namozov Taitida bo'lib o'tgan Jahon chempionati final o'yinida hakamlik qildi.

28 sentyabr kuni Taitida plyaj futboli bo'yicha jahon chempionati bahslari yakuniga etdi. Final bahsida Ispaniya terma jamoasini 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan Rossiya terma jamoasi ketma-ket ikki karra jahon chempioni unvoni qo'lga kiritdi. E'tiborlisi, Rossiya hamda Ispaniya o'rtasidagi final bahsida o'zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov uchrashuv vaqtini belgilab turuvchi (taymkiper) hakam vazifasini bajardi.

Takidlash joiz, Baxtiyor Namozov, O'zbekiston vakillari orasida plyaj futboli bo'yicha yagona FIFA hakami sanaladi.

Maulmot o'rnida, Taitida bo'lib o'tgan jahon chempionati bahslarida Baxtiyor Namozov jami 7ta o'yinda ishlagan.

Taitida bo'lib o'tayotgan jahon chempionati bahslarida Baxtiyor Namozov boshqargan o'yinlar:

18 sentyabr
Paragvay – Kot d`Ivuar 10:6
Bosh hakam: Baxtiyor Namozov

20 sentyabr
Ukraina – Braziliya 2:4
Taymkiper: Baxtiyor Namozov

21 sentyabr
Solomon orollari – Argentina 5:8
Zahira hakami: Baxtiyor Namazov

22 sentyabr
Eron – Ukraina 2:3
Taymkiper: Baxtiyor Namozov

23 sentyabr
Taiti – Ispaniya 2:4
Bosh hakam: Baxtiyor Namazov

Chorak final
25 sentyabr
Rossiya – Eron 6:5
Zahira hakami: Baxtiyor Namozov

FINAL
Rossiya - Ispaniya 5:1
Taymkiper: Baxtiyor Namozov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com