Pisarro "Bavariya"ni mag'lub etib, Germaniya Kubogi finalida o'ynamoqchi

Aslanov Jasurbek
12 fev 2016
"Bavariya" sobiq hujumchisi, hozirda "Verder" sharafini himoya qilayotgan Klaudio Pisarro Myunxenliklar bilan to'qnash kelishidan mamnun.
"Verder" va "Bavariya" Germaniya Kubogi yarim finalida kuch sinashadi.
"Albatta, "Bavariya" bu bahsda yetakchi, ammo joriy mavsumda biz mehmonda yaxshi harakat qilyapmiz va kuchli tarafimiz ham shu. Berlinda bo'ladigan finalda ishtirok etmoqchiman" - deydi perulik futbolchi.
Ikkinchi yarim final juftligi: "Borussiya" D - "Gerta"

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tz