Pirs Morgan: "Arsenal" "Bavariya"ni majaqlab tashladi - butun Yevropa larzaga kelmoqda"

Sherzod Nurmatov
27 noya 2025
"Arsenal" Chempionlar Ligasining 5-turida "Bavariya"ga qarshi o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan so'ng "kanonirlar"ning taniqli muxlisi – jurnalist Pirs Morgan ijtimoiy tarmoqlarda shunday deb yozdi.

"Arsenal" "Bavariya"ni majaqlab tashladi. Ajoyib. Katta g'alaba. Jiddiy bayonot. Butun Yevropani larzaga keltirayotgan g'alaba. Bu g'alaba menga dubl – APL tituli va Chempionlar Ligasini yutish mumkin degan fikrni uyg'otmoqda. Hozirda "Arsenal" muxlisi bo'lish juda yaxshi. Bizda tarixdagi eng yaxshi tarkib va dunyodagi eng yaxshi murabbiy Mikel Arteta bor", – dedi Morgan.

Bu dam olish kunlari "Arsenal" yana bir muhim o'yinda – Premer-ligada "Chelsi" bilan bahs yuritadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/piersmorgan