Pirlo Turkiya klubida ish boshladi

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2022
"Yuventus" sobiq bosh murabbiyi Andrea Pirlo "Fotih Karagumruk" klubi ustoziga aylandi.

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar qildi.

Manbaga ko'ra, 43 yoshli italiyalik muxatassis Turkiya klubi bilan 1 yillik shartnoma tuzdi.

"Fotih Karagumruk" o'tgan mavsumda Turkiya chempionatida 8-o'rinni band etdi

Pirlo "Yuventus"da 2020 yildan 2021 yilgacha ishlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: karagumruk.com