Pirlo murabbiy bo'lishiga kim turtki berganini aytdi

Eldor Akmurzayev
16 yanv 2021, 20:30
“Yuventus” ustozi Andrea Pirlo “Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte haqida fikr bildirdi.

“Konte va men biri-birimizdan juda farq qilamiz, shu tufayli doimo yaxshi munosabatda bo'lganmiz deb o'ylayman. Mavsum startidan oldin suhbatlashdik, oramizda katta hurmat va yaqinlik bor.

U “Yuventus”da tarix yaratdi. Undan ko'p narsalarni o'rgandim, buning uchun doimo minnatdorman. Konte meni murabbiy bo'lishga undangan ilk shaxs hisoblanadi. U ajoyib inson va mutaxassis, ammo ertaga bir-birimizga raqib bo'lamiz”, deydi Pirlo.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ua-football.com