

Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 final bosqichida kura natijalariga ko'ra, Italiyaning ikki klubi "Milan" va "Napoli" yarim final yo'llanmasi uchun kurash olib boradigan bo'ldi.

"Biz chorak finaldamiz. Biz "Milan"miz va yanada yuqoriga intilamiz. "Napoli" juda kuchli va A Seriyadagi eng yaxshi jamoa. Biroq Chempionlar Ligasi, bu – Chempionalar Ligasi. "Milan” esa - "Milan".
Bu bosqichdagi istalgan klubni yutish o'ta qiyin va har bir raqib juda g'ayratli bo'ladi. Biz bu ergacha motivaciya hamda ambiciya tufayli yetib keldik va oldinga borishni istaymiz", – dedi "Milan" ustozi.



