Petr Chex futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlarni sanadi

Sherzod Nurmatov
19 fev 2024
"Chelsi" sobiq darvozaboni va texnik direktori Petr Chex jahon futboli tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men, albatta, Janluiji Buffonni kuchli uchlikka kiritgan bo'lardim. Noyerni ham ajratib ko'rsatardim. Shuningdek, Peter Shmeyxelni etirof etmoqchiman", – dedi Chex. 

2006 yilda Buffon Italiya termasi bilan jahon chempioni bo'lgan, Noyer 2014 yilda Germaniya terma jamoasi bilan mundialni yutgan. Shmeyxel esa 1992 yilda Daniya bilan Yevropa chempionligiga erishgan.

Petr Chex 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U "Arsenal" va "Chelsi"dan tashqari "Xmel", "Sparta" va "Renn" jamoalarida o'ynagan. Darvozabon futbolchilik faoliyati davomida to'rt marta Angliya chempioni bo'lgan, shuningdek, Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasida g'olib chiqqan.

Chex futboldan ketganidan so'ng Britaniyaning ikkinchi yuqori divizionida o'ynaydigan "Gildford" va "Chelmsford" xokkey jamoalarida harakat qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail