Perotti: "Napoli" - A Seriyadagi eng yaxshi jamoa, "Yuventus" menga kuchsizroq bo'lib ko'rinmoqda"

Aslanov Jasurbek
4 dek 2017, 19:41
"Roma" yarim himoyachisi Diego Perotti jamoada Luchano Spaletti qolganida klubdan kyetishi mumkinligi haqida aytib berdi.

"Men Chempionlar ligasida o'ynayman, "Roma" esa skudetto uchun kurashmoqda. Agar Spaletti qolganida, men ketgan bo'lardim.

A Seriyadagi raqiblar haqida gapiradigan bo'lsam, bugungi kunda eng yaxshi jamoa "Napoli". Ulardan to'pni olib qo'yish qiyin. "Barselona"ga qarshi o'ynaganimda shuni his qilgandim.

Agar "Yuventus" haqida gapiradigan bo'lsam, ular o'tgan mavsumdagiga o'xshamayapti. Jamoa kuchsizroqdek ko'rinmoqda. Biroq "Yuventus" ligadagi eng muhimlardan biri bo'lib qolmoqda" - deydi Perotti.

Eslatib o'tamiz, A Seriyaning so'nggi turida "Napoli" o'z maydonida "Yuventus"ga mag'lub bo'ldi (0:1).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia