Peres Vinisiusning "Real"dan ketishini istamaydi. Madridliklar vinger bilan shartnomani iloji boricha tezroq uzaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
24 dek 2025
Peres Vinisiusni "Real"da saqlab qolmoqchi.

"Real" prezidenti Florentino Peres Vinisius Juniorning klubdan ketishiga yo'l qo'ymaslik niyatida.

Bu haqda jurnalist Roberto Gomes "Radio Marca" efirida ma'lum qildi. Uning ma'lumotlariga ko'ra, Peres vingerning "Real"ni tark etishini xohlamaydi va madridliklarning rejasi braziliyalik futbolchi bilan kelishuvni iloji boricha tezroq uzaytirishdan iborat.

Avvalroq Vinisius "Santyago Bernabeu"dagi muxlislarning hushtakbozligi tufayli "Real" bilan 2027 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirish borasida ikkilanayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Radio Marca