Peres Superliga haqida: "Futbol o'lmoqda, u yoshlarni jalb etmayapti, auditoriya esa ketmoqda. Agar hech narsa qilinmasa, vaziyat juda yomon bo'ladi"

Alisher
25 iyun 2021, 15:28
"Real" prezidenti Florentino Peres Yevropa Superligasining yaratilish sabablari va uning principlari haqida gapirdi.

"Superliga - yopiq loyiha emas, u ochiq. Biz shunchaki bu liga sotilishini xohlaymiz. Masalan, "Sevilya" va "Vilyarreal" o'z joylarini olishgan bo'lardi.

Futbol auditoriyasi kamaymoqda va biz ko'plab muxlislariga ega klublar bilan loyihani boshlashimiz kerak edi. "Roma"ning o'yini MYUnikidek e'tiborni jalb qilmaydi.

Futbol auditoriyani yo'qotmoqda, uning e'tiborligigi pasaymoqda. Translyatsiya narxi pasaymoqda va bu muammo. Hozir barchani ko'ndirishga harakat qilishmoqda, sababi o'yinning e'tibori pastroq.

Superligani ko'plab muxlislarga ega klublar tashkil qiladi. Agar pul bo'lmasa, futbol o'ladi.

UEFA yanada qiziqarli turnirlarni tashkil filish bilan shug'ullanishi kerak. Futbol o'lmoqda, u yoshlarni jalb qilmayapti, tomoshabinlar ketmoqda. Hech narsa qilinmasa, vaziyat juda yomon bo'ladi", - deydi Peres.

Florentino Peres: "Superliga mavjudligida davom etadi. Klublar 8 mlrd evro yo'qotishdi, Cheferin esa o'zining maoshini ko'tarmoqda" 


AlisherMuallif
Manba: Marca