

"Meni ishdan bo'shatmoqchimisiz? Maoshim juda katta, ustiga-ustak shartnomamga yana bir yil bor!
Bilaman, sizlar mendan bezor bo'ldingiz. 10 yildan beri shu erdaman. Bir kuni ketaman - vada beraman", - deb fikr bildirgan murabbiy.
54 yoshli Xosep Gvardiolaning "Manchester Siti" bilan kelishuvi 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Ispaniyalik mutaxassis jamoani 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda.



