"Manchester Siti" allaqachon Gvardiolaga o'rinbosar izlamoqda. Murabbiyning o'zi bunga qanday qaraydi?

Sherzod Nurmatov
19 mar 2026
"Shaharliklar" Pep Gvardiolaning kelajagi bo'yicha ishonchi komil emasligi va unga o'rinbosar qidirayotgani ommaga ma'lum.

Tabiiyki, bu xabar ispan murabbiyning o'ziga ham yetib borgan. "Diario Sport" ma'lumotlariga qaraganda, vaziyat kutilganidan tinch. Gvardiola "Manchester Siti"ning zaxira reja ("B" reja)ga ega bo'lish istagini qo'llab-quvvatlaydi. Bu haqda birinchi bo'lib sport direktori Ugu Viana xabardor qilinadi - u bilan murabbiy kelasi hafta uchrashishi kerak.

Avval xabar qilinganidek, 22 mart kuni bo'lib o'tadigan Liga Kubogi finalidan so'ng Gvardiola "Etixad"dagi kelajagi bo'yicha yakuniy qaror qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport