Pep Gvardiola: "Xoland to'xtatib bo'lmas. Hech bir himoyachi, hatto pistolet bilan ham uni to'xtata olmaydi"

Alisher
1 sen 2024, 14:03
Pep Gvardiola Erling Xolandni yuqori baholadi.

"Xoland barcha jabhada ancha yaxshi o'ynamoqda. U mashg'ulotlardan so'ng 20-30 daqiqa qoladi.

Unga jamoa maydonning so'nggi uchinchi qismida ko'proq uzatma berishi muhim. Biz shunday vaziyatlar yaratamiz. U to'xtatib bo'lmas, hech bir markaziy himoyachi, hatto pistolet bilan ham uni to'xtata olmaydi.

Erling doim gollar uradi. Va bu u qilishi kerak bo'lgan narsa. Biz navbatdagi xet-trikdan, sifatli yakuniy zarbalardan mamnunmiz. Xoland o'yinga to'liq e'tiborini qaratgandi, u biror marta to'pni yo'qotmadi va aql bovar qilmas darajada o'ynadi – nafaqat to'p bilan, balki mudofaa va hujumda ham", – dedi "Man Siti" ustozi.


AlisherMuallif
Manba: The Guardian