Pep Gvardiola Husanov nima sababdan sotib olinganini aytdi

Mirjalol Normatov
16 fev 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov nima sababdan sotib olinganini aytdi.

"Futbolchilarnimg bizga yordami tegadigan ko'p jihatlar bor. Bilasiz, Husanovda shijoat va tezlik mavjud.

Shuning uchun biz uni sotib oldik, uni to'xtatish qiyin, chunki u juda tez, juda yosh, hamda haddan tashqari dadil. Unda juda agressiv o'yin uslubi bor

Yakkakurashda u hamisha to'pni olib qo'yishga intiladi. Yakkakurashda yutqazsa, to'pga ega chiqa olmasa, darhol ortga qaytadi.

Husanov vaqt o'tgan sayin o'rganib ketadi, u jamoaga juda yaxshi moslashmoqda.

Xullas, bu kabi ko'p jihatlar bizga yordam beradi", - dedi Gvardiola.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BEANYMAN Sports