Penaltidan foydalana olmagan Roys o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi

Alisher
18 sen 2019
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys CHL doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Albatta, taassurotlar yaxshi emas. Men penaltini ura olmadim, bundan tashqari ham juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldik. Bitta gol ham bugun g'alabaga erishishimiz uchun kifoya edi.

Biz "Barselona"ga umuman hudud qoldirmadik va o'zimizning yaxshi o'yinimizni namoyish etdik", - deydi Roys.

Eslatib o'tamiz, dortmundliklar yetakchisi o'yinning 57-daqiqasida penaltini aniq ijro etolmadi va yakunda nursiz durang qayd etildi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com