

Uchrashuvda Diyor Turopov tomonidan urilgan yagona gol "Neftchi"ga g'alaba keltirdi. Ushbu bellashuvdan so'ng kechagi oqshomning bosh qahramonining fikrlarini tingladik.

"Paxtakor"dan hech bir jabhada qolishganimiz yo'q. Ikki murabbiy ham taktikaga ko'proq e'tibor qaratdi. Qaysidir manoda mas'uliyatli o'yin edi. O'ylashimcha, o'yin bitta golgacha edi. Amalda ham shunday bo'ldi.
"Navbahor"ning durang o'ynaganiga emas "Paxtakor"ni yutishga e'tibor qaratdik. O'z o'yinimizni o'yladik. Haqli 3 ochkoga ega chiqdik, deya olaman.
Gol urgan vaziyatimda tepish uchun qulay fursat bor edi. Oldinda o'yinchilarimiz kamligi uchun faqat zarba berish tanlovi qolgandi",- deydi Diyor Turopov.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi



