

Qozog'iston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan musobaqada Qozog'iston, Rossiya, O'zbekiston va Tojikistondan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etishdi. Yosh futbolchilarimiz raqiblariga qarshi bahslarda quyidagi natijalarni qayd etishdi:
"Jastar" Qarag'anda (Qozog'iston) - 5:0
Nijniy Novgorod BO'SM (Rossiya) - 3:0
"Aktobe" (Qozog'iston) - 3:0
"Umid Istaravshan" (Tojikiston) - 2:1
BIIK Chimkent (Qozog'iston) - 3:0
Kecha bo'lib o'tgan finalda Chimkent shahri jamoasi 3:0 hisobida dog'da qoldiridi. Ushbu muvaffaqiyat bilan tarbiyalanuvchilarimizni tabriklaymiz.
Mart oyi oxirida yana uch yosh toifasidagi tarbiyalanuvchilarimiz Rossiyada o'tkaziladigan turnirda ishtirok etishlari kutilmoqda.



