"Paxtakor" Farg'onada mag'lubiyat tasodifligini isbotlaydimi? Jizzaxda kimning imkoniyati yuqori? - 2-tur oldidan mutaxassis fikri

Iskandarov Abdulaziz
9 mar 2023
Ertadan boshlab Superliganing ikkinchi tur uchrashuvlariga start beriladi.

Doimgidek har bir tur bizga bir qancha qiziqarli to'qnashuvlarni taqdim qilmoqda. Deylik Farg'onada o'zbek el klasikosi nomini olgan "Neftchi" - "Paxtakor" jamoalari uchrashsa, yaralangan "ajdarlar" bu safar o'z maydonida mavsumni mag'lubiyat bilan boshlagan "Turon"ni qabul qiladi. Shu va boshqa bahslar oldidan taniqli sobiq futbolchi Anvar G'ofurovning fikrlari bilan qiziqdik. 


"So'g'diyona" - "Olimpik"

- Mezbonlar o'tgan turda "Bunyodkor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng to'g'ri xulosa chiqargan, deb o'ylayman. Ular "Olimpik"ga qarshi bor imkoniyatlarini ishga solishadi. Timur Kapadze shogirdlari ko'tarinki kayfiyatda yetib kelishlari shubhasiz. Tarkibda iqtidorli va yosh ijrochilar ko'p. Lekin amaldagi chempion ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng bo'shroq o'yin ko'rsatishi ehtimoli ham yo'q emas. 

Imkoniyatlar: 40/60 

"Neftchi" - "Paxtakor"

- "Neftchi" yaxshi jamoa va birinchi turda o'z o'yini bilan buni isbotladi. Lekin ertangi uchrashuvda umuman boshqa tarkibdagi jamoaga qarshi maydonga chiqishadi. Shunisi aniqki, Farg'onada ikki jamoa uchun ham oson o'yin bo'lmaydi. "Paxtakor" birinchi turda o'z maydonida "Olimpik"dan qabul qilib olgan mag'lubiyat tasodif ekanligini ko'rsatishlari uchun ham barcha kuchni sarf qilishadi. Fikrimcha, tajribali futbolchilar bu o'yinda o'z so'zini aytadi. Mazkur bahs mutaxassislari kuzatishi uchun ham qiziqarli kechadi. "Neftchi"ni shu kuni etarlicha ishqibozlar qo'llab-quvvatlaydi. 

Imkoniyatlar: 45/55


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia