"Paxtakor" Diyor Xolmatov bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
21 dek 2021, 12:06
Yarim himoyachi Diyor Xolmatov "Paxtakor" bilan kelishuvni yana ikki mavsumga uzaytirdi.

"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanalgan Diyor Xolmatov 2020 yil asosiy jamoa tarkibida debyutini o'tkazdi. Ayni paytgacha jami 31 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol muallifi bo'ldi. 

19 yoshli yarim himoyachi bilan klub o'rtasidagi kelishuv ikki yilga uzaytirildi va Xolmatov 2023 yil oxiriga qadar "Paxtakor" sharafini himoya qilishda davom etadi.


AlisherMuallif
Manba: pakhtakor.uz