"Paxtakor" besh nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Administrator
14 yanv 2026
Resan, Hamdamov, Nazarov, Turdimurodov va Saidnurullaev bilan shartnomalar uzaytirildi.

Bir qator futbolchilar bilan "Paxtakor" hamkorlikni davom ettiriladi. Bu haqda klub rasman e'lon qildi.

"Bashar Resan va Doston Hamdamov bilan 2026 yil oxirigacha shartnomalar uzaytirilgan bo'lsa, Rustam Turdimurodov va Saidumarxon Saidnurullaev 2027 yil oxirigacha "Paxtakor" bilan kelishuvga imzo chekdi. Vladimir Nazarov esa 2028 yil yakunigacha "Paxtakor" safida o'ynashda davom etadi", -deyiladi klub xabarida.


AdministratorMuallif
Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати