Rasman: "Paxtakor" Dostonbek Hamdamovni Qatar klubiga ijaraga berdi

Alisher
22 yanv 2022
"Paxtakor" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov faoliyatini ijara asosida Qatarning "Al Sayliya" klubida davom ettiradi.

"Jamoalar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq Hamdamov 2022 yilning 30 iyuniga qadar "Sayliya"da ijarada o'ynaydi. Ijara muddati tugaganidan keyin futbolchi "Paxtakor" ixtiyoriga qaytadi", - deyiladi "sherlar" xabarida.

Eslatib o'tamiz, oldinroq O'FA Dubaydagi O'zbekiston milliy jamoasi yig'iniga “Paxtakor” futbolchisi Dostonbek Hamdamov bir necha kun davomida qatnasha olmasligi va bunga o'yinchining "Al Sayliya"ga o'tayotganini sabab qilib ko'rsatgandi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia