"Paxtakor" Ar-Riyodga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2015
OCHL 2-turidan o'rin olgan "Al Shabab"ga qarshi o'yinda ishtirok etish uchun "Paxtakor" klubi bugun Saudiya Arabistoniga uchib ketgandi.
Delegaciya 4 soatlik parvozdan so'ng Ar-Riyod shahriga yetib bordi.

Jamoa Ar-Riyoddagi “Radisson Blu” mehmonxonasiga joylashdi. Buguning o'zida "sherlar" mashg'ulot o'tkazishlari rejalashtirilgan.

Saudiya Arabistoniga kelgan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar:
Aleksandr Lobanov, Nikita Ribkin.
Himoyachilar: Egor Krimec, Adnan Oraxovac, Akbar Ismatullaev, Murod Xolmuhamedov, Aleksandr Merzlyakov, Davronbek Hoshimov.
Yarim himoyachilar: Kaxi Maxaradze, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Vladimir Kozak, Stanislav Andreev, Javohir Sohibov.
Hujumchilar: Igor Sergeev, Navro'zbek Alimov, Bahodir Pardaev.

Eslatib o'tamiz, "Al Shabab" - "Paxtakor" uchrashuvi 3 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:20da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia