

Uning debyuti Chempionlar Ligasi uchrashuvida bo'lib o'tdi va u nemis grandi futbolchilari orasida yosh bo'yicha rekord o'rnatdi.
"The Touchline" ma'lumotiga ko'ra, Pavich "Bavariya" tarixida Chempionlar Ligasi doirasida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. U Italiyaning "Atalanta" klubiga qarshi 1/8 final javob uchrashuvida 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv nemis jamoasining 4:1 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.
Futbolchi 2010 yil 19 yanvarda tug'ilgan bo'lib, shu vaqtga qadar faqat klubning yoshlar jamoalarida to'p tepib kelgan va o'z yosh toifasidagi eng istiqbolli o'yinchilardan biri sifatida baholangan.
Ikki o'yin natijasiga ko'ra "Bavariya" turnirning chorak finaliga yo'llanma oldi. Keyingi bosqichda myunxenliklar Madridning "Real" klubiga qarshi maydonga tushadi.



