Patrik Klyuyvert - Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyi
Narzulla Saydullayev
24 fev 2016, 10:00
Evro-2000 to'purari, uch karra Gollandiya chempioni, ikki karra Ispaniya chempioni Patrik Klyuyvert Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.
Bu haqda Curacao Chronicle nashri xabar bermoqda. 23 mart kuni gollandiyalik murabbiy jamoadagi dastlabki rasmiy uchrashuvni o'tkazadi. Kyurasao Karib kubogida Salvadorga qarshi o'ynaydi.